Mavlono Fidoiy




Mavlono Fidoiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sayidzoda ekani, otasi bilan haj safariga borib kelgani, yaxshi sheʼriy tabʼi borligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Hamesha roʻy ba devor bud Majnunro

Ki, az raqib bipoʻshad sirishki gulgunro.

(Mazmuni: Qonli koʻz yoshini raqibidan yashirish uchun Majnunning yuzi hamisha devorga oʻgirilgan edi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz