Mavlono Fazlulloh
Mavlono Fazlulloh (15-asr) – sherozlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tijorat ishlari bilan Astrobodga kelganligi, tanballigi va beparvoligi tufayli dastmoyasida muammolar paydo boʻlganligi haqida maʼlumot beradi. Mavlono Fazlulloh sheʼriyatda asosan muammo bilan shugʻullangan, katta va kichik shatranjni, nard oʻyinini yaxshi bilgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltiriladi:
Saodati tu fuzun bod-u davlati tu ziyodat,
Hazor sol bimoni ba davlat-u ba saodat.
(Mazmuni: Saodating ortgay, davlating ziyoda boʻlgay. Bu davlat va saodat bilan ming yillar yashagaysan)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org