Mavlono Fazliy




Mavlono Fazliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yoshligida naqqoshlik bilan shugʻullangani, baʼzida sheʼr ham yozib turgani, keyinchalik, oʻzini yetuk shoir deb hisoblaganidan soʻng naqqoshlikni tashlab, butkul sheʼriyat bilan mashgʻul boʻlganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Zohid, biyor xirqavu rahni sharob kun,

Asbobi zuhd-u xonayi taqvi xarob kun.

(Mazmuni: Ey zohid, toʻningni keltirib may uchun garovga qoʻy; zohidlik asbobi va toat-ibodat uyini xarob qil)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz