Mavlono Fayziy




Mavlono Fayziy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning gunobodlik ekani, koʻp vaqtini Gozurgohda ilm oʻrganish bilan oʻtkazishi, yaxshi sheʼriy tabʼi borligini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Garchi dashnomam rasad az laʼli shakkarbori oʻ,

Hast yak shiriniye dar talxii guftori oʻ.

(Mazmuni: Uning shakar lablaridan garchi menga dashnom yetsa-da, achchiq soʻzlaridan ham shirinlik tuyaman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz