Mavlono Faxriy
Mavlono Faxriy, Sulton Muhammad ibn Amir Muhammad (15–16-asr) – shoir va adabiyotshunos, Navoiy asarlari tarjimoni.
Ijodi
Mavlono Faxriy “Majolis un-nafois”ni
“Latoifnoma” nomi bilann forsiy tilga tarjima qilib, unga 189 yangi shoir haqidagi maʼlumotni qoʻshgan. Mavlono Faxriyning
“Tuhfat ul-habib” (Doʻstlar tuhfasi),
“Javohir ul-ajoyib” ,
“Ravzat us-salotin” (Sultonlar jannati) kabi turli mavzudagi asarlari va
“Sanoeʼ ul-hasan” (Goʻzal sanʼatlar) nomli badiyat masalalariga bagʻishlangan risolasi,
“Radoyif ul-ashʼor” deb atalgan har xil shoirlar sheʼriyatidan radiflar boʻyicha tuzilgan majmuasi maʼlum.
Shuningdek,
“Haft kishvar” (Yetti mamlakat) nomli afsona, asotirlar va axloqiy masalalardan bahs etuvchi asar, taxminan 5 ming baytdan iborat sheʼrlar devoni ham Mavlono Faxriyga nisbat beriladi.
Navoiy eʼtirofi
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida Mavlono Faxriyning nomini tilga olib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Gufti, ki hargizam ba tudil mehrubon nabud,
Ey sarvi nozanin, ba tuam in gumon nabud.
(
Mazmuni : Ey sarvi nozanin, hech qachon senga dil mehribon boʻlmagan, deb aytding. Sendan mening bunday gumonim boʻlmagan)[1][2].
Vafoti
Mavlono Faxriy taxminan 969–970-hijriy-qamariy (milodiy hiosbda 1562–63) yilda Hindistonda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org