Mavlono Doiy II




Mavlono Doiy II (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning astarobodlik ekanligini, sheʼriyatda oʻziga xos uslubda yozishga intilishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

On pariroki, zi gulbarg

  qabo dar bari oʻst,

Har taraf bandi qabo nestki,

  bolu pari oʻst.

(Mazmuni: U shunday pariroʻyki, kiygan libosi gul bargidan. Libosining ikki tomonidagi bogʻich emas, uning par va qanotlaridir)

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz