Mavlono Doiy I




Mavlono Doiy I (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning koʻp vaqtini Saraxsdagi hazrat Shayx Luqmon qabri boshida oʻtkazishini, baʼzan savdo-sotiq bilan ham shugʻullanishini aytadi. “Majolis un-nafois”da Mavlono Doiyning quyidagi bayti keltirilgan:

Justem on dahonro boloi chohi gʻabgʻab,

Dar xanda guft on mah

  onchoki nest matlab.

(Mazmuni: Ul ogʻizni men baqbaqa ustidan qidirdim, u oy kulib dedi: bu yerdan tilak hosil boʻlmas).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz