Mavlono Burujiy




Mavlono Burujiy (15-asr) – Saʼdiddin Koshgʻariyning muridi, naqshbandiya tariqatiga mansub shayx. Baʼzan fors-tojik tilida sheʼrlar yozib turgan. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning shahar jomeʼ masjidida zikr bilan mashgʻul boʻlishi, koʻplab muridlari borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Man oshiqi shoʻridavu mastam,

   chi tavon kard?

Dil dodavu jon dar kafi dastam,

   chi tavon kard?

(Mazmuni: Men bebaxt oshiqman, mastman, nima qilsa boʻladi? Koʻngilni bagʻish­laganman, jonim kaftimda, nima qilsa boʻladi?)

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz