Mavlono Bu Ali
Mavlono Bu Ali (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning devonatabiat ekanligini aytib, agar devona boʻlmasaydi, shunday taxallus (Bu Ali) olgan boʻlarmidi, deb yozadi. Navoiy bu oʻrinda “Abu” soʻzining “Bu” tarzida qisqartirib berilishini nojoiz hisoblayapti. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Xalqe ba rohi ishqi tu osuda meravand
Oshiq mannamu, digar hama
behuda meravand.
(Mazmuni: Kishilar seni ishqing yoʻlida, bemalol ketaveradilar, oshiq menu, boshqalar bekorga ovora boʻladilar).
Manbalar
uz.wikipedia.org