Mavlono Botiniy
Mavlono Botiniy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan balxlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sodda va kamtar kishi ekanligini, Haj safariga borib kelganligi haqida maʼlumot berib, quyidagi baytini keltiradi:
Baski, dori tangdil, ey gʻunchayi xandon, maro
Jon zi dil omad ba tang-u dil girift az jon maro.
(Mazmuni: Ey xandon gʻuncha, yuragimni siqqaning uchun
jon bu yurakdan toʻydi, yurak esa jonimdan toʻydi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org