Mavlono Bilol




Mavlono Bilol (15-asr) – zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ va shirin kalom kishi ekanligi, turkiy va forsiyda sheʼrni yaxshi aytishini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi turkiy bayti keltirilgan:

Jon-u koʻnglumni jafo oʻti bila kuydurdingiz,
Uylakim kul boʻldumu mendin koʻngul tindurdingiz.

Hirotda vafot etgan, Xojayi Toq qabris­tonida dafn etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz