Mavlono Bihishtiy II
Mavlono Bihishtiy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, mavlono Hamidgulning ukasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qobiliyatda ham, feʼl-atvorda ham akasiga sira oʻxshamasligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:
Shamʼ, imshab tarki daʼvi bo ruxi on moh kun,
Tira kardi majlisi moro, zabon kutoh kun.
(Mazmuni: Ey shamʼ, bu kecha ul oyning yuziga daʼvo qilishni tark qil, majlisimizni qorongʻu qilding, endi tilingni qisqa qil).
Manbalar
uz.wikipedia.org