Mavlono Baqoiy II
Mavlono Baqoiy II (15 asr) – xorazmlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi taʼb va xulqli yigit ekanligini aytib, onasining roziligi uchun uni hajga olib ketganligini, hali qaytmaganligini maʼlum qiladi va talabi hosil boʻlishiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Namehohamki, dil dar bandi on zulfi duto aftad,
Charo az pahloʻi man darmande dar balo aftad.
(Mazmuni: Dil ul qoʻsh zulfning bandiga tushishini istamayman;
nega endi men tufayli boshqa bir dardmand baloga uchrasin?!)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org