Mavlono Ayoziy




Mavlono Ayoziy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning gʻaroyib feʼl-atvorga ega ekanligini taʼkidlab, u bilan bogʻliq bir voqeani keltiradi. Bir kuni Mavlono Ayoziy Puli Molondagi majlisda oʻzi yozgan qasidani oʻqib beradi. Navoiy uning har bir baytidagi uslubga qarab, qofiyasi qanday ekanligini oldindan aytaveradi. Mavlono Ayoziy bu holdan hayratga tushadi. Uch yildan soʻng Bogʻi Safedda yana shu holat takrorlanadi va Mavlono Ayoziy yana hayron qoladi. Shunda bu holga avval ham guvoh boʻlganlar Mavlono Ayoziydan yana shu kabi kishini koʻrganmisiz, deb soʻraganlarida, u koʻzi yaxshi koʻrmaganligi uchun “uch yil oldin Puli Molonda ham bir yigit shunday sehrgarlik qilgan edi”, deydi. Majlis ahli uning bu javobidan kuladilar. “Majolis un-nafois”da Mavlono Ayoziyning oʻzi haqida aytgan quyidagi bayti keltirilgan:

Chodarshabi xud rangi magas rida, Ayoziy

Ne jomavu ne kurtavu ne moʻza namozi.

(Mazmuni: Ayoziy, pashshaxonangning rangi pashsha oʻtirib qoʻygan rangda;

Shu bois toʻning ham, koʻylaging ham, etiging ham benamoz (pokiza emas)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz