Mavlono Ayoniy II
Mavlono Ayoniy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni qobiliyatli shoir deb taʼriflab quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Dar sar az loi tahi xum havase hast maro,
Baxti bad bin, ki bad-on ham narasad dast maro.
(Mazmuni: Xayolimda xumning tubidagi loyga yetishish havasi bor edi,
badbaxtlikni qarangki, qoʻlim oʻshanga ham yetolmadi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org