Mavlono Asiriy




Mavlono Asiriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning endi tanila boshlayotgan shoir ekanligini, hozircha sheʼri shuhrat topmayotganligini aytib, nazmida masal aytishga intilish bor deb, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Shudam az yor judovu ba balo uftodam,

Chi balo bud ki az yor judo uftodam.

(Mazmuni: Yorimdan ayrilib, baloga giriftor boʻldim,

ne balo boʻldiki, yorimdan judo boʻldim)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz