Mavlono Anvariy




Mavlono Anvariy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan balxlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning mijozida savdoyilik gʻolib kelib, aqli parishon boʻlib, koʻp zahmat va muolaja bilan sihat topganini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ey zi tobi may turo har guna bar ruxsor gul,

Sabzai bogʻi jamolat andaku bisyor gul.

(Mazmuni: Ey, sening ruxsoring guli mayning toblanishidan rang-barang tusga kiradi,

gar jamoling bogʻining sabzasi ozgina, lek guli koʻpdir)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz