Mavlono Anisiy




Mavlono Anisiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir, Alisher Navoiyning zamondoshi. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Navoiy uning isteʼdodsiz shoir ekani, boshqalarning sheʼrini oʻz nomidan eʼlon qilish odati borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da Mavlono Anisiy oʻziniki, deb daʼvo qilgan bir bayt keltirilgan:

Garchi mejoʻyad dilam doim visoli yorro,

Yor mejoʻyad ba ragʻmi man dili agʻyorro.

(Mazmuni: Mening dilim garchi har doim yor vaslini izlasa-da,

lek yor menga ters qarab, agʻyor dilini izlaydi).

Mavlono Anisiy Hirotda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz