Mavlono Alouddin
Mavlono Alouddin (829–892 h.q./1426–1487 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tas. shayxi, Alisher Navoiyning zamondoshi. Asli Koʻhiston viloyatidan boʻlib, ilm olish uchun Hirotga keladi. Bu yerda Mavlono Saʼdiddin Koshgʻariy rahnamoligida naqshbandiylik tariqatiga kiradi. Ikki marta hajga borgan. Hajga borishida Shayx Abdulkabir degan tasavvuf shayxi bilan hamsuhbat boʻlgan. Vaʼz va samoʼ majlislariga koʻp ahamiyat qaratgan. Pir-u murshidi Saʼdiddin Koshgʻariy qabri yonida dafn etilgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org