Mavlono Ahliy
Mavlono Ahliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni “tabʼida xeyli choshni (maza, taʼm) bor”, deb, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Doʻsh afgʻoni man az chashmi maloyik xob burd,
Xirmani mahro zi toʻfoni sirishkam ob burd.
(Mazmuni: Kecha oqshom mening oh-nolalarim farishtalar uyqusini qochirdi;
oy atrofidagi yorugʻlik gardishini mening koʻz yoshlarim toʻfonidan suv olib ketdi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org