Mavlono Adimiy
Mavlono Adimiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni Mazid tanburchining oʻgʻli sifatida eslab, yaxshi tabʼi borligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Chun zarraam pareshon doim dar orzoʻyash,
Jamʼiyate nadoram be oftobi roʻyash.
(Mazmuni: Uni (koʻrish) orzusida doimo zarra kabi parishonman.
Yuzining oftobisiz menga sira tinchlik yoʻq)[1][2]
Manbalar
uz.wikipedia.org