Mavlono Abulxayr




Mavlono Abulxayr, Ahmad Saraxsiy (817–887 h.q./1414–1482 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Alsiher Navoiyga zamondosh. Hozirgi Turkmanistondagi Saraxs shahrida tugʻilgan. Bolaligidayoq Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan. Shayx Zayniddin Xavofiyning muridi. Kubraviylik tariqatining yirik namoyandasi.

Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan birga uning imomligida namoz oʻqiganini, shayx Qurʼonni “xoʻb va muassir” oʻqiganini qayd qiladi. Hirot shahrining sharqidagi Shoh Abulgʻays qabristonida dafn etilgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz