Mavlono Abdurazzoq
Mavlono Abdurazzoq (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ilm tolibi boʻlsa-da, biroq mulohazasiz kishi ekanligini aytib, bir guruh kishilar uning yorliq qogʻozini kech bitayotganligi uchun Navoiyning qoshiga arz qilib kelganligi, Navoiy undan buning sababini soʻraganida u soʻz oʻyini vositasida “barot namenavisad” (1 pul olish hujjatini yozmaydi; 2) sen uchun yozmaydi) deb javob berganligi haqida maʼlumot beradi.
Shuningdek, Navoiy Mavlono Abdurazzoq qizil yuzli boʻlgani uchun hazilkash doʻstlari uni “qizil qalb”, deb atashlarini ham aytib oʻtadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Joni man toza shud az laʼli tu xunxorii dil,
Baʼd az in movu sari koʻi tuvu zorii dil.
(Mazmuni: Dil qonxoʻri [boʻlgan] sening laʼl labingdan qayta jon topdim,
bundan keyin koʻchang boshida bizni va koʻnglimiz zorini koʻr!)[1][2]
Manbalar
uz.wikipedia.org