Mavlono Abdulvahob II




Mavlono Abdulvahob II (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan isfaroyinlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qalandarsifat kishi ekanligi, lekin yaxshi tabʼi borligini aytib, avval Sabzavorda, soʻng Isfaroyinda qozilik qilgani, keyinroq Astarobodga joʻnatilganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da Xusrav Dehlaviyning “Daryoi abror” qasidasiga javoban yozgan sheʼridan quyidagi matlaʼ keltirilgan:

In kuhan avroqi gardun, k-ash zi anjum zevar ast,

Koʻhna tarixi base shohoni anjumlashkar ast.

( Mazmuni : Yulduzlar bilan bezangan bu falakning eski varaqlari yulduzlarday qoʻshinga ega boʻlgan koʻp shohlarning koʻhna tarixidir).

Mavlono Abdulvahob Astarobodda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz