Mavlono Abdulvahob
Mavlono Abdulvahob I (15-asr) – Fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni “donishmand va zufunun (ilmli) kishi” sifatida taʼriflab, Mashhad shahrida qozilik qilganligini, bu shaharning shoiru oqillari unga shogird ekanligini aytadi. Shuningdek, tazkirada bir shoirning qoziga maqlubi mustaviy sanʼati vositasida “murode doram” (murodim bor) jumlasi orqali arz qilganligi, Mavlono Abdulvahob esa tez fursat ichida unga “baroyad yo rab” (iloho yetkursin) jumlasi bilan javob qaytargani (“murode doram” va “baroyad yo rab” jumlalari arab yozuvida har ikki tarafdan bir xil oʻqiladi) haqida ham maʼlumot berilib, uning “Xuroʻs” nomiga bitilgan muammosi keltirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org