Mavlono Abdulqahhor




Mavlono Abdulqahhor (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir va olim. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning kimyogarlik bilan shugʻullanib, yaxshi natijaga erisha olmaganligi, “koʻp oʻt puflaganidan modda qulogʻi” tomon oqib, yaxshi eshitmaydigan boʻlib qolganligi, lekin yoqimli sheʼrlari borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning Xusrav Dehlaviyga javoban yozgan quyidagi bayti keltirilgan:

Rashkam oyad, on chi bar dilho xadangi yor kard

Tiyri oʻro gʻayr xoʻrdu dar dili man kor kard.

( Mazmuni : Yor oʻqi oʻzga dillarga otilishidan rashk qilaman.

Uning oʻqi boshqalarga tegsa ham, lekin undan mening dilim mutaassir boʻlgay)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz