Mavlon Xudoyberganovich Nazarov




Mavlon Xudoyberganovich Nazarov (1910.15.6, Chimkent viloyati Turkiston tumani — 2000.31.3, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Tarix fanlari doktori (1963), professor (1965). Samarqand Davlat Universiteti ni tugatgan (1936). Komsomol (1941—44) va partiya (1944—52) ishlarida. Toshkent Davlat Universiteti (1952—64) va Toshkent politexnika instituti (1964—92)da kafedra mudiri. ToshTUning Oʻzbekiston xalqlari tarixi kafedrasida maslahatchi professor (1992-93).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz