Mavlon Vahobov




Mavlon Gʻafforovich Vahobov (1909-1991) — sovet tojikistonlik-o‘zbekistonlik iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, tarixchi.

Tarjimai hol



Mavlon Vahobov 1909-yilda To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. 1941-yildan KPSS a’zosi.  

U 1929-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. Vahobov 1929—1988-yillarda — Samarqand kechki pedagogika instituti o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari, dekan, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tashviqot sektori mudiri, O‘zbekiston KP (bolsheviklar) Toshkent viloyat qo‘mitasi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi (b) MQ kotibi, O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR FA tarix va arxeologiya instituti bo‘lim mudiri, O‘zbekiston SSR FA tarix va arxeologiya instituti bo‘lim mudiri, Toshkent oliy partiya maktabi (TOPM) direktor o‘rinbosari, “O‘zbekiston kommunisti” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori, Toshkent oliy partiya maktabi direktorlari lavozimlarida ishlab keladi.

SSSR Oliy Kengashining 3-qurultoyi, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 2, 6 va 8-qurultoylari deputati etib saylanadi.

Mavlon Vahobov tarixchi sifatida



M.Vahobov o‘zbek xalqi tarixiga oid fundamental monografiya muallifi edi.

1949-yilda O‘zbekiston SSR FA Gumanitar fanlar bo‘limining burjua kosmopolitizmiga qarshi kurashga bag‘ishlangan aprel sessiyasida B.Gʻofurovning “Tarixi tojik xalqi” kitobida jiddiy xatolar borligini ko‘rsatib,  O‘zbekiston KP (b) MK kotibi Vahobov so‘zga chiqadi.

Vahobov 1987-yilda O‘rta Osiyo tarixida Temur va temuriylar shaxsiga keskin salbiy fikr bildirib, chiqish qiladi

Mavlon Vahobov 1991-yilda 83 yoshida Toshkent shahrida olamdan ko‘z yumadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz