Mavlon Egamberdiyev




Mavlon Egamberdiyev  – sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi



Mavlon Egamberdiyev 1923-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) a’zosi hisoblangan.

Egamberdiyev  1940-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1940-1983-yillarda – ..Mirzacho‘lvodxoz” gidrotexnigi, Mirzacho‘l shahridagi 19-maktab o‘qituvchisi, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, Toshkent ekskavator zavodi rejalashtirish va taqsimlash byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston SSR Sovxozlar vazirligining kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Sovxoz ishchilari kasaba uyushmasi Respublika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Ma’muriy organlar bo‘limi instruktori, kotib yordamchisi, Toshkent viloyat partiya qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshlig‘i, ,,Oʻzselxoztexnika” Toshkent viloyat birlashmasi raisi, Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi, Boʻka tuman partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, O‘rtachirchiq tuman partiya qoʻmitasining birinchi kotibi vazifasida ham mehnat qilgan .

M.Egamberdiyev  O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 8-, 9- va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Egamberdiyev  1995-yildan keyin Moskvada vafot etgan.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz