Maurizio Belpietro
Maurizio Belpietro (1958-yil 10-mayda tugʻilgan) italiyalik jurnalist va teleboshlovchi.
Hayoti
Belpietro Brescia yaqinidagi Castenedolo shahrida tugʻilgan, lekin u Palazzolo sull'Oglio shahrida oʻsgan. U oʻz faoliyatini 1975-yilda mahalliy Bresciaoggi gazetasida jurnalist sifatida boshlagan. 1994-yilda u jurnalist Vittorio Feltri bilan Giornale jurnaliga oʻtdi va bir necha yil oʻtgach, 1996-yilda Il Tempo gazetasining muharriri sifatida qaytib keldi. 2001-yildan 2007-yilgacha u il Giornale muharriri boʻlib ishlagan. Italiyaning Panorama jurnalining muharriri boʻlgach, uning oʻrnini jurnalist Mario Giordano egalladi.
2004-yilda u Canale 5 va keyinroq Rete 4 da efirga uzatiladigan L’Antipatico telejurnalining boshlovchisi boʻldi. 2007-yil oktyabr oyidan boshlab u Mattino Cinque ertalabki yangiliklar dasturida ham paydo boʻldi.
2009-yilda u Vittorio Feltri oʻrniga oʻng qanot Libero gazetasining muharriri boʻldi.
Shuningdek, u har kuni ertalab R101 radiostantsiyasida qisqa radio yangiliklar dasturini olib boradi.
2016-yilda u yangi mustaqil kundalik La Verita gazetasiga asos solgan. U ushbu gazetaning hozirgi muharriri va 2018-yilda ikkinchi marta Panorama uchun yangi muharrir boʻldi.
Fikirlari
2010-yil aprel oyida u Italiya Oliy kassatsiya sudi tomonidan № 13198 hukm bilan quyidagi sabab bilan hurmatsizlik uchun hukm qilindi:
Biroq AİHM hukmni oʻz kuchida qoldirmadi.
Manbalar
Havolalar
Andoza:S-media
uz.wikipedia.org