Maurício Nascimento




Maurício dos Santos Nascimento (talaffuzi: Maurisio dos Santos Nasimento; 1988-yil 20-sentyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Malayziyaning „Johor“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Biografiyasi



Maurício Nascimento San-Pauluda tugʻilgan. 10 yoshida „Palmeiras“ futbol klubi murabbiylari unga qiziqish bildirishgan va Maurício Nascimentoni klub akademiyasida oʻqishga taklif qilishgan. Nascimento akademiyada oʻqishni boshlagan va 19 yoshida asosiy jamoaga tushgan. Soʻng u „KRB“ futbol klubiga ijara oʻtgan. Ijaraga olingandan soʻng u oʻz Vataniga qaytgan, 2 ta mavsumda 34 ta oʻyin oʻtkazgan. 2009-yilning 1-noyabrida „Corinthians“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Maurício Nascimento Braziliya A Seriyasida „Palmeiras“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2009-yilning noyabr oyida „Grêmio“ futbol klubi bilan oʻyindagi tanaffus paytida u jamoadoshi Manuel Obina bilan mushtlashgan. Bu voqea Braziliyada keng tarqalgan va klub ushbu ikkala futbolchi bilan ham xayrlashishga qaror qilgan.

Natijada Maurício Nascimento „Grêmio“, „Portuguesa Desportos“, „Vitória Salvador“ va „Joinville“ futbol klublarida ijara asosida toʻp surgan. 2013-yil „Sport Recife“ futbol klubiga oʻtgan.

Oʻsha yilning yozida Maurício Nascimento 450 ming yevro evaziga Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga oʻtgan. 18-avgust kuni „Arouca“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Maurício Nascimento burchakdan uzatilgan toʻpni yopib, yangi jamoasidagi ilk golini urgan. Keyinchalik futbolchi bir necha bor katta klublarga borishga ruxsat berilmagani va boshqa futbolchilar kabi qadrlanmaganidan biroz noroziligini bildirgan. U mast holda mashina haydagani uchun klub tomonidan jarimaga tortilgan.

2015-yil boshida u asosiy tarkibga kiritilmagan va ijara asosida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Italiyaning „Latsio“ futbol klubiga oʻtgan. Milan futbol klubiga qarshi oʻyinda Maurício Nascimento Italiya A seriyasida debyut qilgan. Oʻsha yilning yozida, ijara muddati tugagach, Rim klubi rahbariyati Maurício Nascimentoning transferini 4,5 million yevroga sotib olgan.

2016-yilning yozida Maurício Nascimento Moskvaning „Spartak“ futbol klubiga ijara asosida oʻtgan. 11-sentyabr kuni „Lokomotiv“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u RFPLda debyut qilgan . 26-noyabr kuni „Terek“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Maurício Nascimento „Spartak“ futbol klubi safida birinchi golni kiritib, jamoasiga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgan. Oʻzining debyut mavsumida u klubga 16 yil ichida birinchi marta chempion boʻlishiga yordam bergan. 2018-yil boshida himoyachi Polshaning „Legia“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz