Mauntin-Pass




Mauntin-pass - kamyob elementlar rudasining dunyodagi eng katta konlaridan biri, AQShning Kaliforniya shtatida. 1949-yilda ochilgan, 1955-yildan qazib olinadi. Kon kechki karbonatitlar guruhiga mansub. Mezozoy burmali oblastida joylashgan. Asosiy kamyob minerali — bastnezit (tomirdagi miqsori 15% gacha). Konning umumiy zaxirasi qariyb 5 mln. t, aniqlangani 3 mln. t ga yaqin. Ruda ochiq usulda qazib chiqariladi. Yoʻlakay barit ham ajratib olinadi. M.-P.dagi korxonalar dunyoda olinayotgan kamyob elementlar mahsulotining qariyb yarmini beradi. Mahsulotni, asosan, AQSH, shuningdek, boshqa rivojlangan mamlakatlarning metallurgiya, neftni kayta ishlash, keramika va oynashisha sanoati isteʼmol qiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz