Maulen Ashimbaev




Maulen Sagʻatxanuli Ashimbaev (qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев, Mäulen Sağathanūly Äşımbaev; 1971-yil 28-yanvar, Olmaota) — iqtisodchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining V chaqirigʻining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi boʻlgan, "Nur Otan" partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (2018-2019).

Biografiyasi



Katta juzning alban qabilasidan chiqqan.

Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetin tamomlagan (1993), iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Siyosiy fanlarining. "Hurmat" ordeni bilan taqdirlangan.

Xizmat yoʻli



Universitetni tamomlagandan soʻng 1993-1994-yillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari vazirligi tizimida ishladi.

1994-1995-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatining yordamchisi.

1995-yilgi iyun-noyabr oraligʻida — Xavfsizlik Kengashi xodimlarining maslahatchisi boʻlgan.

1995-1999-yillar oraligʻida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Hokimligining Tahlil va strategik tadqiqotlar markazinig bosh eksperti, sektor mudiri, shu markaz yetakchisining birinchi o‘rinbosari.

1999-2000-yillari — Xavfsizlik kengashi tadqiqot markazining rahbari.

2000-2002-yillari — Xavfsizlik kengashi tahlil markazining rahbari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.

2002-2005-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.

2005-2006-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2006-2011-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.

2012-yilgi fevralidan boshlab V chaqiriqda saylangan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisining deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib saylangan. "Nur Otan" Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, partiya roʻyxati boʻyicha saylangan.

2018-yil 1-fevraldan boshlab — „Nur Otan“ partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari.

„Hurmat“ ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yili Jon Xopkins universitetining Xalqaro tadqiqotlar maktabida (AQSh) ilmiy stajirovkadan oʻtti.

Ingliz tilini yaxshi biladi.

Oilali, uch farzandi bor.

Manbalar




Havolalar



Majilisning tarkibi va tuzilishi, Maulen Sagathanuli Ashimbaev

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz