Matyoqubov Habibullo




Habibullo Matyoqubov (1926.18.9, Urganch tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1957). 1957-yildan Yangibozor tumanidagi maktablarda tarix oʻqituvchisi, direktor. 1969-yildan Yangibozor tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi maktabda, 1994-yildan 10litsey-internatda direktor. Oʻz ish faoliyati davomida tarix fani darsini koʻrgazmali qurollar va texnik vositalar asosida oʻtkazishning turli mezonlarini ishlab chiqdi. 1983-yil viloyatda birinchi boʻlib 10 nuqtada yopiqtelestudiyani ishga tushirdi. Maktabda oʻquvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qildi, oʻqituvchilarning ish faoliyatini baholashning diagnostik taxlilini ishlab chikdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz