Matyoqub Rahimov




Matyoqub Rahimovich Rahimov (1918.25.10, Xiva tumani Gandimiyon qishlogʻi — 1993.18.8, Urganch) — xonanda (lirikdramatik tenor) va aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1940). Keng diapazonli, jarangdor va tembr boʻyoqlariga boy ovoz sohibi. Oʻrta maktab oʻqituvchisi (1940— 42 va 194348). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—43). Xiva teatri direktori (1947), Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati teatri aktyori va yetakchi xonandasi (1948—78). Musiqali spektakllarda bir qancha obraz yaratgan: Alpomish (S. Abdulla, T. Jalilov; "Alpomish"), Haydar (Komil Yashin, T. Jalilov, G. Sobitov, "Nurxon"), Kdys (Xurshid, T. Sodiqov, R. Glier, "Layli va Majnun"), Gʻarib (Yu. Yusupov, A. Otajonov, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Mahtumquli (Q. Matrizayev, A. Otajonov, "Mahtumquli") va boshqa Repertuaridan X. Bobojonov hamnafaslikda ijro etgan "Maqomi Dugoh", "Nasri Chorgoh", "Talqini Navo", "Ufari Navo" kabi Xorazm maqom yoʻllari, "Suvora" va "Feruz" turkumlari, A. Otajonovning "Loyiq", "Koʻp sogʻintirma", "Shartingni ayt" kabi ashulalari oʻrin olgan. R.haqida "Matyoqub Raximov" (Oʻzkinoxronika studiyasi, 1978) nomli film suratga olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz