Matyoqub Matchonov
Matyoqub Matchonov (1956-yil, 26-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek teatr va kinoaktyori. Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi. Doʻstlik ordeni hamda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni sohibi. Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi aʼzosi. „Leganda o lyubvi“ (1984), „Snayper“ (2019) va „Toʻqlikka shoʻxlik 2“ (2015) filmlari bilan tanish.
Biografiyasi
Matchonov maktabni tugatib aktyor boʻlish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga kirgan. Ilk bor 1980-yilda suratga olingan „Dahoning yoshligi“ filmida suratga tushgan. Oʻqishni tugatib faoliyatini 1985-yilda „Yosh Gvardiya“ nomidagi teatrida boshlagan. Aktyor sifatida „Bozor koʻrmagan yigit“ filmida rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning eʼtiborini qozongan.
2021-yil O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan „Oltin humo“ taqdimotiga mehmon sifatida chaqirilgan va marosim ochib berilishida qatnashgan.
Jurnalistlar Matchonovdan nega rejissorlikka qoʻl urmaganligi haqida soʻrashganida rejissorlik qilishdan ko‘ra rol o‘ynash u uchun zavqliroq ekanligini aytgan.
Rustam Sa’diyev, Javlon Shodmonov, Jahongir Ahmedovlar Marchonovni o‘zbek kinosining 2016-yillardagi tomoshabinni kinoga chaqiruvchi, eng qimmat va talabgir aktyorlar orasiga qoʻshishgan.
„Eʼtirof-2014“ taqdirlash marosimida „Yilning eng yaxshi kinoaktyori“ nominatsiyasida Matchonov daʼvogarlik qilgan.
XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida boʻlgan mojaroda, o‘zbek ayollari va qizlarining turk aktyori Burak Özçivit bilan ko‘rishib, rasmga tushish uchun qilgan ishlarini Matchonov keskin tanqid qildi hamda „Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim“ degan mazmundagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Filmografiyasi
Mukofot va unvonlari
Matchonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni hamda 2016-yili Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimida Matchonov „Ijtimoiy faolligi uchun“ nominatsiyasiga loyiq koʻrildi. U 2019-yil „Oltin humo“ milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi raisi boʻlgan.
Javobgarlikka tortilishi
2016-yili Matchonov rahbarlik qiladigan „Marsa“ tijorat tashkilotidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tashish, saqlash kabi ayblovlar qo‘yilgandi. Bundan tashqari, odamlar orasida Matchonovning mashinasidan nasha topilgani haqidagi mish-mishlar ham boʻlgandi. Aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi. Biroq, Matchonov va „Marsa“ xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab bergan va shu yili 4-avgustda qamaldi. Oradan koʻp oʻtmay, 31-oktyabr kuni Matchonovga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan eʼlon etilgan amnistiya qoʻllanilib, ozodlikka chiqarildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org