Matvei Michkov
Matvei Andreyevich Michkov (talaffuzi: Matvey Andreyevich Michkov) (ruscha: Матвей Андреевич Мичков; 2004-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Matvei Michkov hozirda Kontinental xokkey ligasining (KHL) „SKA Saint Peterburg“ xokkey klubi safida faoliyat olib bormoqda.
Oʻyin faoliyati
2014-yildayoq Matvei Michkov oʻz yoshi toifasi boʻyicha rekord oʻrnatib, oʻz qobiliyati bilan eʼtiborga tusha boshladi. Matvei Michkov Rossiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar ligasida 26 oʻyinda 109 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Matvei Michkov U-20 diviziyonida 56 oʻyinda 56 ochko toʻpladi va Nikita Kucherovning dviziyondagi oldingi eng yuqori ochkolarini ortda qoldirdi.
2020-yilda Matvei Michkov Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey klubi yoshlar jamoasini tark etib, „SKA Saint Peterburg“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Matvei Michkov 2020—2021-yilgi mavsumda klub safida 56 o‘yinda maydonga tushib, 56 ochko to‘pladi. Matvei Michkov mavsumda 38 ta gol bilan ligada peshqadamlik qildi. Shuningdek, Matvei Michkov MHLda 16 yoshli oʻsmir xokkeychilarning ochkolari boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi.
2021-yilda Michkov oʻzining ilk professional oʻyinini Kontinental xokkey ligasining (KHL) „SKA Saint Peterburg“ xokey jamoasi safida oʻtkazdi. Matvei Michkov mavsum davomida SKA klubi va uning kichik filiallarida faoliyat olib bordi. Shundan soʻng, Matvei Michkov „SKA Saint Peterburg“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
Matvei Michkov Permda tugʻilgan. Bu yerda u 3 yoshidan xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Xokkey karyerasini yanada rivojlantirish uchun 2015-yilda Matvei Michkov ota-onasi va akasi bilan Yaroslavldagi "Lokomotiv Yaroslavl" klubining yoshlar dasturiga qoʻshilish uchun Yaroslavl shahriga koʻchib oʻtdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org