Matvafo karvonboshi savdo uyi
Matvafo karvonboshi savdo uyi – Xorazm viloyati Urganch shahrida Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan. Savdo uyi Matvafo tomonidan qurilgan boʻlib u oʻz ichiga mehmonxona, Matvafo karvonboshining idorasi, oʻlchash va qabul qilish punktlaridan tashkil topgan. Savdo uyi 1910-yilda qurilgan boʻlib, Yangi hayot mahallasi, Najmiddin Kubro koʻchasi 27-uyda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2014-yil 5-dekabrdagi qaroriga muvofiq Matvafo Karvonboshi uyi garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin bo;l, agan obyektlar sirasiga kiritildi.
Tarixi
Matvafo karvonboshi xivalik boylardan biri boʻlib, savdogarchilik bilan shugʻullangan. Obyekt 1910-yildagi Xiva xonligi elchilarining Nikolay II bilan samarali uchrashuvidan soʻng barpo etilgan. Matvafo savdo uyi pishgan gʻishtdan qurilgan,. Bino 1987-yilda qayta taʼmirlandi. 2013-yilda qaytadan restavratsiya ishlari olib borildi va hozirgi kunda bank kolleji oʻquv binosi sifatida foydalanilmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org