Matthius Versluis
Matthius Versluis (Talaffuzi: Mattias Versluys; 1994-yil 18-iyul, Genolier) — Finlandiyalik figurali uchuvchi. Sport faoliyatining boshida yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan. Matthius Finlandiya chempioni (2014), Finlandiya chempionatlarining ikki karra kumush medali sohibi (2012 — 2013) boʻlgan.
Matthius 2016-yil bahoridan boshlab Juulia Turkkila bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashmoqda. Juftlik 2019-yilda Finlandiya chempioni va muz ustida raqs boʻyicha milliy chempionatning ikki karra kumush medali sovrindori (2017, 2018) boʻlgan. 2018-yil 11-dekabr holatiga koʻra, bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 43-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
Matthius 1994-yil 18-iyulda Genolierda tugʻilgan. Olti oylik boʻlganida oilasi Finlandiyaga koʻchib oʻtgan. Matthius 2018-yildan beri fizioterapiya boʻyicha tahsil oladi.
Versluis 2002-yilda konkida uchishni oʻrgana boshladi. 2008-yilda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qildi va Chexiyada boʻlib oʻtgan bosqichda 20-oʻrinni egalladi. Bir necha yil oʻtgach, figurali uchuvchi 2012—2013-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi ikkita jahon chempionatida qatnashib, ikkala turnirda ham erkin dasturga yoʻllanma olgan.
2016-yil 1-aprelda Matthius va Juulia Turkkilaning raqs juftligi tashkil qilingani maʼlum boʻldi.
Bu juftlik noyabr oyi boshida Dortmundda oʻtkazilgan turnirda debyut qilib, oltinchi oʻrinni egalladi va darhol qitʼa bosqichiga yoʻllanma oldi. Noyabr oyining oxirida juftlik Tallin Trophy musobaqasida ishtirok etdi va u yerda uncha yahshi natijaga erishmadi. Shundan soʻng Finlandiya chempionati boʻlib oʻtdi, unda juftlik kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 2017-yil fevral oyining boshida sportchilar Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Universiada oʻyinlarida ishtirok etishdi va musobaqada muvaffaqiyatsiz chiqish qilib, sakkizinchi oʻrinni egalladilar. Fevral oyi oʻrtalarida Finlandiya juftligi Obersdorfda boʻlib oʻtgan Bavariya kubogi turnirida qatnashdi va u yerda yigirmanchi oʻrinni egalladi.
Sentyabr oyida Juulia/Matthius juftligi Bergamoda oʻtkazilgan Olimpiya mavsumini boshladi va Lombardiya kubogida qatnashib, kuchli oʻntalikka kirishdi. Oktyabr oyining boshida Espooda oʻtkazilgan Finlyandia Trophy turnirida juftlikning chiqishi unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi va ular oʻn ikkinchi oʻrinni egalladilar. Oktyabr oyi oʻrtalarida Nice shahrida boʻlib oʻtgan City Cup musobaqasi ham unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi, turnirda jufrlik oʻn uchinchi oʻrinni egalladi. Bir oy oʻtgach, Avstriyaning Grats shahrida boʻlib oʻtgan turnirda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Milliy chempionatda ular ikkinchi marta chempion boʻlishdi.
Juftlik 2018—2019-yilgi mavsumni uchta musobaqa bilan boshladilar: ular Lombardia Trophy 2018 turnirida oltinchi, Ondrej Nepela Trophy 2018 turnirida yettinchi va Finlandiya Trophy 2018 musobaqasida oltinchi oʻrinni egalladi.
Natijalari
Juulia Turkkila bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org