Matthias Ginter
Matthias Lukas Ginter (talaffuzi: Mattias Lukas Ginter; 1994-yil 19-yanvarda Germaniyada tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Freiburg“ futbol klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi. U markaziy himoyachi va yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Xalqaro faoliyati
Matthias Ginter 2014-yilning 5-martida Chiliga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Shu tariqa Matthias Ginter Germaniya terma jamoasida oʻynagan 900-futbolchiga aylangan. Shu bilan bir qatorda, 2014-yil may oyida Matthias Ginter Joachim Löw tomonidan Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati tarkibiga kiritilgan. U yerda futbolchi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, jahon chempioni boʻlgan.
Shuningdek, 2016-yil 15-iyulda Matthias Ginter Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan va musobaqaga ishtirok etish uchun tayyorgarliklarga jalb qilingan. Matthias Ginter beshta o‘yinda ikkita gol urgan va terma jamoa bilan kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
2017-yil 2-iyun kuni Matthias Ginter Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Turnirda u toʻrtta oʻyinda qatnashib, jamoaning oltin medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan.
Matthias Ginter JCh-2018 oʻyinlari uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan ammo birorta oʻyinda ham maydonga tushmagan. Shu tariqa, Matthias Ginter Germaniya terma jamoasi tarixida ikkita jahon chempionati oʻyinlari tarkibiga kiritilgan, biroq birorta ham o‘yinda qatnashmagan yagona futbolchiga aylangan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org