Matthew Stanford Robisonning qabri
Matthew Stanford Robison yodgorligi ― Salt-Lake-City qabristonida joylashgan yodgorlikdir. 10-yoshli Matthew Stanford Robisonning otasi Ernest Robison tomonidan yaratilgan. Matthew’ning ota-onasi uning qabrini quvonch va ilhom maskaniga aylantirishga qaror qilishdi. Yodgorlikda nogironlar aravachasidan turib, chap qoʻlini osmonga koʻtargan bola tasvirlangan.
Tarixi
Matthew Stanford Robison 1988-yil 23-sentabrda Yuta shtatining Salt-Lake-City shahrida Ernest va Anneke Robison oilasida nogiron boʻlib tugʻilgan. Shifokorlar ota-onasiga oʻgʻlining omon qolmasligini aytishgan. Bolada tugʻilganda kislorod yetishmovchiligi aniqlangan edi, u koʻr va qisman falaj edi, ammo prognozlarga qaramasdan, u oʻn yil yashadi.
1993-yilda Robison oilasi nogironlarga asbob-uskunalar sotib olishda yordam berish uchun "Ability Found" (Qobiliyatlarni egallash) nomli notijorat tashkilotga asos soldi. Notijorat tashkilot miya yarim falaj, orqa miya umurtqa pogʻonasining yorilishi, tarqoq skleroz, insult, saraton va travma bilan kasallangan odamlarga yordam beradi. Jamgʻarma bolaning yodgorlik haykali nusxalarini sotadi.
Matthew’ning otasi 2000-yilda oʻgʻliga haykal oʻrnatishga qaror qildi. Qabr ustidagi haykalda Matthew Stanford Robison nogironlar aravachasidan turib, osmonga choʻzilgani tasvirlangan. Yodgorlik yerdagi qiyinchiliklardan xoli boʻlgan bolani keyingi dunyoda tasvirlash uchun moʻljallangan.
Yodgorlikning orqa tomonidagi qabr toshi bitigida shunday deyilgan:
Xudoga yanada yaqinroq yuradigan va dunyoni oʻz kamtarligi bilan koʻtaradigan, sevgiga toʻla merosi bilan odamlarning qalbini ilhomlantirganlar xotirasiga, ular Xudoning yuzini koʻrish va quvonch bilan abadiy shifo topish uchun yana Xudoga qaytishadi.
Yodgorlik surati va nekrologning bir qismi Redditʼga joylashtirildi va ommaga tez tarqaldi. Dafn etilgan joy Yuta shtatidagi sayyohlik maskaniga aylandi, uni tomosha qilish bir nechta sayohat veb-saytlari orqali bron qilinishi mumkin.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org