Matthew Sorinola




Matthew Alexander Sorinola (talaffuzi: Metyu Aleksandr Sorinola) (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan)—angliyalik futbolchi. Matthew Sorinola Angliya chempionati vakili „Swansea City“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Matthew Sorinola Angliyaning Lambeth shahrida tugʻilgan. Uning kelib chiqishi nigeriyaga borib taqaladi.

Klubdagi faoliyati



Milton Keynes Dons



Matthew Sorinola „Fulham“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, 2017-yilda Matthew Sorinola „Milton Keynes Dons“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Matthew Sorinola 2019-yilning iyun oyida klub bilan professional shartnoma imzolagan. 2019—2020-yilgi EFL Trophy musobaqasida Matthew Sorinola klubning asosiy jamoasi tarkibida „Fulham U21“, „ Wycombe Wanderers“ va „Newport County“ futbol klubiga qarshi uchta asosiy oʻyinda maydonga tushgan. Matthew Sorinola 2019-yil dekabr oyida „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzolagan. Shundan soʻng, Matthew Sorinola 2020-yil fevral oyida ijara asosida „Beaconsfield Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Sorinola klub safidagi ilk golini 2020-yil 8-sentyabrda „Northampton Town“ futbol klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda kiritgan.

Union SG



2021-yil 14-mayda Matthew Sorinola „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan yangi shartnomani rad etganidan keyin Belgiyaning birinchi divizioni vakili „Union SG“ futbol klubi jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. U klubdagi ilk golini 2021-yil 18-sentabrda „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1 hisobidagi gʻalaba) urgan.

2022-yil 24-iyun kuni Matthew Sorinola EFL chempionati vakili „Swansea City“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan.

Faoliyat statistikasi



2022-yil 1-oktyabr holatiga ko'ra;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz