Matthew Smith




Matthew Robert Smith (talaffuzi: Mettyu Robert Smit; 1999-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. U EFL birinchi ligasi klubi Milton Keynes Dons va Uels terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Manchester City



Yoshligida dastlab West Bromwich Albion akademiyasiga qoʻshilgan Smith 2013-yilda Manchester City akademiyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda bir necha yosh guruhlarida mashgʻulotlarga qatnashdi.

2018-yilning iyul oyida 18 yoshida Smith Gollandiyaning Eerste Divisie klubi FC Twentega mavsumiy ijara asosida qoʻshildi, yakunda 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va klubning Eredivisiega koʻtarilishida muhim rol oʻynadi. Keyingi ikki mavsumda u yana EFL chempionatining Queens Park Rangers hamda Charlton Athletic klublariga, shuningdek, EFL birinchi ligasi klubi Doncaster Rovers klubiga ijaraga yuborildi va oxirgi klub safida 40 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi. 2021—2022-yilgi mavsum oldidan, 2021-yil 6-avgust kuni Smith yana bir mavsumga ijara asosida EFL chempionatining Hull City klubiga qo‘shildi.

Milton Keynes Dons



2022-yil 31-yanvarda Hull bilan cheklangan miqdorda oʻyinlar oʻtkazganidan soʻng Smith ijaradan chaqirib olindi va darhol nomaʼlum toʻlov evaziga doimiy shartnoma asosida Birinchi liga klubi Milton Keynes Donsga oʻtkazildi. U klubdagi debyutini 2022-yilning 8-fevralida Fleetwood Town mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida o‘tkazdi.

Xalqaro faoliyati



Angliyada tugʻilgan Smith Uels terma jamoasiga Uelsning Gwent shahridan boʻlgan bobosi orqali qoʻshiladi.

Smith Uels terma jamoasida 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 21 yoshgacha va kattalar toifalarida oʻynagan, koʻpincha yoshlar darajasida jamoaga sardorlik qilgan. U 2018-yilning 20-mayida kattalar terma jamoasi tarkibiga birinchi chaqiruvini olgan.

Smith Uels terma jamoasidagi debyutini 81-daqiqadan keyin Tom Lawrencening oʻrniga maydonga tushib, Meksika bilan 0:0 hisobidagi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. 2021-yilning may oyida u kechiktirilgan UEFA Euro 2020 turniri oʻyinlarida ishtirok etish uchun Uels terma jamoasiga chaqirildi. 2022-yil noyabr oyida Smith Qatarda boʻlib oʻtadigan 2022 FIFA Jahon chempionati uchun Uels terma jamoasiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 8-noyabr holatiga koʻra[14]:

Xalqaro



2022-yil 22-sentyabr holatiga koʻra[18]:

Yutuqlari



Twente

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz