Matthew Besler




Matthew Scott „Matt“ Besler (talaffuzi: Metyu Skott "Matt" Besler) — amerikalik futbolchi. U AQSh terma jamoasi va MLSning „Sporting Kansas City“ va „Austin“ klublarida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati




2005-2008-yillarda Matthew Besleroʻzi tahsil olgan Notr-Dam universitetining futbol jamoasida oʻynagan.

Matthew Besler „Kansas City Wizards“ tomonidan 2009-yil MLS Super Draftida sakkizinchi oʻrinni egallagan . Uning professional debyuti 28-mart kuni „Colorado Rapids“ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan va u final hushtagi chalinguncha zaxiradan maydonga tushgan. 2011-yil 26-mart kuni „Chicago Fire“ga qarshi duelda Matthew Besler professional faoliyatidagi ilk golini urgan.

2021-yil 6-yanvarda Matthew Besler MLSning yangi kelgan „Austin“ klubiga bepul transfer orqali qo‘shildi. 17- aprel kuni u 2021-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los-Anjeles“ga qarshi oʻynadi, bu „Austin“ning MLSdagi debyutiga aylandi. 2021-yil 10-noyabrda Matthew Besler futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro karyerasi



2013-yil 29-yanvarda Matthew Besler AQSh terma jamoasi safida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi . Oʻsha yilning yozida terma jamoa tarkibida Matthew Besler KONKAKAF Oltin Kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Salvador, Gonduras va Panama terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda maydonga tushdi.

2014-yilda Matthew Besler terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi . Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilning yozida Matthew Besler oʻz uyi Amerika kubogida ishtirok etdi . Turnirda u Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

2016-yil 2 sentabr kuni JCh-2018 saralash bahsida Sent-Vinsent va Grenadinlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda Matthew Besler AQSH terma jamoasi uchun birinchi golni urdi.

2017-yilda Matthew Besler ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Panama , Nikaragua, Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari

AQSh

Sporting Kansas City

Shaxsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz