Matteo Guendouzi
Mattéo Guendouzi (talaffuzi: Matteo Genduzi) 1999-yil 14-aprelda Puassida tugʻilgan. Fransuz futbolchisi Marselning „Olympic“ klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
Mattéo Guendouzi Fransiyaning „Lorient“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilda uning akademiyasini tamomlagan. 2015/16-yilgi mavsumda u ikkinchi jamoada oʻynay boshladi. U 2016-yilning 2-aprelida „Romorantina“ga qarshi bahsda debyut qilgan. Oʻyin paytida Mattéo Guendouzi 16 yoshda edi.
2016/17-yilgi mavsumda u asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarda ishtirok eta boshladi. 2016-yilning 15-oktyabrida u Liga 1da „Nant“ga qarshi bahsda debyut qildi va 76-daqiqada Valid Mesloub oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.
Terma jamoadagi karyerasi
Mattéo Guendouzi Fransiyaning 18, 19 va 20 hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.
2019-yil 2-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham tomonidan ilk bor JCh-2020 saralashida Albaniya va Moldovaga qarshi o‘yinda jarohat olgan Pol Pogba o‘rniga maydonga tushish uchun chaqirildi. Biroq har ikki uchrashuvda ham Mattéo Guendouzi zaxirada qoldi va maydonga tushmadi.
Keyin, 2021-yil 1-sentyabrda jarohatlangan Korentin Tolisso o‘rniga Bosniya va Gersegovina, Ukraina va Finlandiya terma jamoalariga qarshi JCh-2022 saralash o‘yinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga ikkinchi chaqiruv oldi. 2022-yil 30-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi 2020/21 final qismi o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritildi. U Belgiya terma jamoasiga qarshi yarim final va Ispaniya terma jamoasiga qarshi gʻalaba qozongan final uchrashuvida ishtirok etmadi.
2021-yilning 16-noyabrida u Antuan Grizmann o‘rniga Finlandiyaga qarshi o‘yinda Fransiya terma jamoasida debyut qildi. 2022-yilning 29-martida Mattéo Guendouzi Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 90+2 daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoa safidagi ilk golini kiritdi.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org