Matt Turner (soccer)




Matthew Charles Turner (1994-yil 24-iyunda tugʻilgan) — amerikalik professional futbolchi, Premier League "Arsenal" klubi va AQSH terma jamoasi darvozaboni sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



New England Revolution



Turner MLS SuperDraft 2016 tanlovida yuqori natija koʻrsatmagan boʻlsa-da, 2016-yil 3-mart kuni Major League Soccer (MLS) klubi New England Revolution bilan mavsumoldi sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng professional shartnoma imzolagan. 29-aprelda u Birlashgan Futbol Ligasining Richmond Kickers klubiga ijara asosida qoʻshildi va bir kundan soʻng Toronto FC II ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, professional debyutini oʻtkazdi. „Kickers“ safidagi ikki martalik ijara davrida Turner 27 startda 7 ta oʻyindan iborat quruq seriyani qayd etgan.

Arsenal



2022-yilning 11-fevralida Turner va Premyer-liganing "Arsenal" klubi futbolchining 2022-yil yozida London klubiga oʻtishini koʻrsatadigan shartnoma borasida kelishib olgani maʼlum boʻldi. U „Arsenal“ning yozgi transfer oynasidagi birinchi xaridi boʻldi. Xabar qilinishicha, „Arsenal“ transfer uchun 6 million dollar toʻlagan, bu 10 million dollarga koʻtarilishi mumkin. 2022-yilning 27-iyunida „Arsenal“ Turnerni uzoq muddatli shartnoma boʻyicha yangi futbolchi sifatida eʼlon qildi. Turner 30-raqam ostida oʻynaydigan boʻldi.

Turner „Arsenal“ning 2022-yil 8-iyuldagi „Nyurnberg“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyutini boshladi. U oʻyinning dastlabki 29 daqiqasida ikkita, 24-daqiqada Yoxannes Geys va 5 daqiqadan soʻng Kvadvo Duadan gol oʻtkazib yubordi. Uchrashuvda „Arsenal“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Terma jamoadagi karyerasi



Turner xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 31-yanvar kuni AQSh erkaklar terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlagan edi. Oʻsha oʻyinda Turner Alvin Jonsning penaltidan tepgan toʻpini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

Turner 2021-yilgi CONCACAF Oltin Kubogi doirasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi safida barcha oltita oʻyinda maydonga tushib, beshta quruq oʻyin oʻtkazdi. Shu jumladan final bahsida Meksikaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyind aham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Samarali oʻyini uchun Turner musobaqaning „Eng yaxshi darvozaboni“ unvoniga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti



Turner 2020-yilda Litva pasportini oldi; uning buvisi Ikkinchi jahon urushi paytida Litvadan koʻchib kelgan edi. Otasining oilasi yahudiy boʻlib, ularning familiyasi immigratsiya paytida Turnerga oʻzgartirilgan.

Karyera statistikasi



Klub



2022-yil 28-may holatiga ko'ra[15]

Xalqaro



2022-yil 10-iyun holatiga ko'ra[16]

Sovrinlar



AQSh

New England Revolution




Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz