Matt Targett
Matthew Robert Targett (talaffuzi: Metyu Robert Target) (1995-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Matt Targett Premyer-liga vakili „Newcastle United“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Targett „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan. Matt Targett 2015-yilda mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan. Matt Targett Shotlandiya va Angliya sharafini xalqaro oʻyinlarda yoshlar jamoasi safida himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
Southampton
Angliyaning Hampshire shtatidagi Eastleigh shahrida tugʻilgan Targett sakkiz yoshida „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Matt Targett keyinchalik, 2013-yil 24-sentyabrda klubning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan. 2014-yilning 26-aprelida Matt Targett birinchi marta Premyer-liga doirasidagi „Everton“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba) „Southampton“ futbol klubi safida maydonga tushgan.
Matt Targett „Southampton“ futbol klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
2017-yilning 4-avgustida Targett „Southampton“ futbol klubi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolagan va klubdagi faoliyat muddatini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirgan.
Fulham (ijara) 2018-yilning 22-yanvarida Targett Chempionat vakili „Fulham“ futbol klubi safiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qoʻshilgan. Matt Targett klub safidagi birinchi golini 10-fevral kuni „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang oʻyinda) kiritgan.
Southampton klubiga qaytish 2019-yil 27-aprel kuni „Fulham“ futbol klubi safidagi soʻnggi oʻyinida Targett „Bournemouth“ futbol klubi bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda klub uchun yagona golini urgan.
Aston Villa
2019-yilning 1-iyulida Targett nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
2020—2021-yilgi mavsum oxirida Targett Premer-liganing barcha 38 oʻyinida asosiy jamoaning ilk tarkibida maydonga tushgan yagona oʻyinchisi boʻlgan va jamoadoshlari tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Newcastle United
2022-yilning 31-yanvarida Matt Targett 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida „Newcastle United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Ijara muddati tugagach, 2022-yil 8-iyun kuni Targett klub bilan 4 yilga moʻljallangan 15 million funt sterlinlik yangi shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
2022-yil 29-oktyabr holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org