Matt Lambros
Mett Lambros (1985-yil 8-fevral sanasida tugʻilgan) – Kanada futbolining sobiq professional oʻyinchisi. 2009-yilgi CFL loyihasining ikkinchi bosqichida oʻrin olgan oʻyinda Toronto Argonauts tomonidan jamoaga safiga tanlab olingan. Kollejning Liberty Flames jamoasi safida futbol oʻynagan. 2011-yil iyun oyida Monreal Alouettes jamoasida mashgʻulot yigʻinida qatnashdi, ammo ichki nizolar sabab 2011-yilning 18-iyunida jamoani tark etadi.
Hayot
Lambros 1985-yilining 8-fevralda Alberta shtatining Kalgari shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Mayk Lambros 1972-yildan 1975-yilgacha Edmonton Eskimoslari safida himoyachi boʻlgan oʻynagan. U Kalgari shahridagi Ser Uinston Cherchill oʻrta maktabida futbol oʻynashni boshlagan. Keyinchalik Lambros maktabdagi jamoasi safida oʻynab „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ deb topilgan va maktab jamoalar ichida gʻolibga aylangan.
Lambros oʻrta maktabda futbol oʻynagan sobiq jamoasiga murabbiylik qildi. Keyinchalik esa Jim Barkerning maslahati bilan Virjiniya shtatining Linchburg shahridagi Ozodlik universitetiga oʻqishga topshiradi. Lambros 2005-yildan 2008-yilgacha Liberty Flames jamoasi safida oʻynagan. Shu jumladan 2007-2008-yillarda Flames jamoasi bilan birinchi marotaba Janubiy konferentsiya chempionatida ham oʻynagan. 2006-2007-yillarda Janubiy konferentsiya chempionati prezident tomonidan faxriy yorligʻiga bilan taqdirlanadi.
Professional faoliyati
Lambros 2009-yil 27-may kuni Argonauts jamoasi bilan shartnomani imzoladi. 2009-yilgi Toronto Argonauts jamoasining mavsumi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga qoʻshildi va mavsumoldi oʻyinlarida ishtirok etdi. U sogʻligida momolarga paydo boʻla boshlaydi shunga qaramay mmashgʻulotlarga qatnashaveradi. Iyul oyida Hamilton Tiger-Catsga qarshi oʻzining birinchi oʻyini otkazadi va birinchi zarbasidayoq jamoasiga achko olib keladi. 2010-yili 4-iyunda Argonavtlar tomonidan Lambros jamoa safidan chetlashtiriladi.
Monreal Alouettes jamoasi bilan 2011-yil 17-fevralda shartnoma imzolaydi. Ammo oradan koʻp vaqt oʻtmay 2011-yili 18-iyunda jamoa safini tark eradi va faoliyatini yakunlaydi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org