Matt Donovan
Matt Donovan (talaffuzi: Mett Donovan) (1990-yil 9-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachi. Matt Donovan hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Adler Mannheim“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Matt Donovan „New York Islanders“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasining toʻrtinchi bosqichida umumiy 96-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati
Matt Donovan „Oklahoma City“ yoshlar xokkey dasturida oʻynab ulgʻaygan. Shundan soʻng, Matt Donovan Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Cedar Rapids RoughRiders“ xokkey jamoasida oʻynadi.
Matt Donovan 2008-yilgi Milliy xokkey ligasi (NHL) loyihasining toʻrtinchi bosqichida „New York Islanders“ xokkey klubi safiga 96-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Matt Donovan „New York Isdlnaders“ xokkey klubi bilan professional shartnoma imzoladi. Keyin Matt Donovan klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey klubi safiga yuborildi. Matt Donovan 2010—2011-yilgi mavsumining soʻnggi olti oʻyinida klub safida maydonga tushib, bir gol va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Matt Donovan oʻzining NHLdagi debyutini 2012-yil 3-aprelda „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
„New York Islanders“ xokkey klubi Matt Donovanga saralash taklifini berishdan bosh tortganligi sababli, 2015-yil 1-iyulda Matt Donovan „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi.
Shundan soʻng, 2016-yil 21-iyulda Matt Donovan Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „Frölunda HC“ klubi bilan xorijda bir yillik shartnoma imzoladi.
2021-yil 20-yanvarda Matt Donovan „HV71“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Matt Donovan klub safida 12 ta oʻyinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Keyingi 2021—2022-yilgi mavsumda „Milwaukee Admirals“ xokkey klubi safida Donovan muqobil sardor sifatida muntazam mavsumdagi barcha 76 oʻyinda 8 gol va 40 ochko bilan oʻz jamoasining mavsumni yaxshi natijalar bilan yakunlashiga oʻz hissasini qoʻshdi.
2022-yil 17-iyunda Matt Donovan yana AHLni tark etdi va nemis klubi, DEL vakili „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Matt Donovan 2010-yil yanvar oyida 2010-yilgi yoshlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida AQSH milliy xokkey terma jamoasi safida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan 6:5 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi edi. Ushbu musobaqada Matt Donovan yettita oʻyinda maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org