Matt Bai




Matt Bai (/ˈbaɪ/) (1968-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist, yozuvchi va ssenarist. U Washington Post gazetasining sharhlovchisi ham bo'lgan. 2014 va 2019-yillar orasida Yahoo! Yangiliklar milliy siyosiy sharhlovchisi sifatida ham faoliyat olib borgan. Oʻn yildan koʻproq vaqt oldin u New-York Times jurnalining bosh siyosiy muxbiri boʻlib, u yerda uchta prezidentlik kampaniyasini yoritgan, shuningdek, Times gazetasi sharhlovchisi boʻlgan..Uning jurnaldagi muqovada eʼlon qilingan hikoyalari orasida 2008-yilgi „Obama qora siyosatning oxirimi?“ va 2004-yilda John Kerryning „Kerryning eʼlon qilinmagan urushi“ nomli ijodiy ishlari e'tiborga molik. Uning ijodiy ishlari The Best American Political Writingning ikkita nashrida e'tirof etilib, taqdirlangan. Bai Medforddagi Tufts universitetining Sanʼat va adabiyot kolleji va Kolumbiya Oliy jurnalistika maktabi bitiruvchisi boʻlib, u yerda Pulitzer Traveling stipendiyasini sovrindori boʻldi. 2014-yilda Bai "House of Cards" telekoʻrsatuvining ikkinchi mavsumida ikkita qisqacha chiqish qildi.

Jurnalistik faoliyati



U oʻz faoliyatini UNICEF boʻyicha AQSh qoʻmitasida nutq matn muallifi sifatida boshlagan, Audrey Hepburn va boshqalar uchun nutq matnini yozgan va uning faoliyati ushbu matnni xalqaro yoritilishi shu bilan birgalikdaLiberiya va Iroqdan reportajlarni yoritishni ham oʻz ichiga olgan.

New York Times jurnaliga qoʻshilishdan oldin Bai Boston Globening shahar boʻlimi muxbiri va Newsweek jurnalining milliy muxbiri boʻlgan. 2001-yilda Bai Harwardning Kennedy nomidagi hukumat maktabi Siyosat institutida tahsil olgan va u yerda siyosiy jurnalistikaning keyingi avlodi yaʼni kelajakka bagʻishlangan seminarga rahbarlik qilgan. U, shuningdek, Stanforddagi Hoover instituti va Chicago universitetidagi Siyosat institutida ham tahsil olgan.

Baining „ NewYork Times“ jurnali uchun boshqa ishi Jon Makkeynning urush haqidagi falsafasi va Barack Obamaning oq tanli erkaklarni magʻlub etish strategiyasi haqidagi hikoyalarini, shuningdek, koʻp muhokama qilingan „Is Obama the End of Black Politics?“. 2008-yilgi praymeriz davomida Bay The New York Times veb-saytida "Birlamchi argument" onlayn blogini yozdi.

2007-yilda Progressive Book Clubga bergan intervyusida Bai uning siyosiy faoliyatiga boshqa siyosiy yozuvchilardan koʻra Amerikadagi shaharlarning tanazzulga uchrashi haqida yozgan yozuvchilar koʻproq taʼsir qilganini aytdi. „Menimcha, romanchilar postindustriyadan keyingi davrda biz boshdan kechirayotgan chalkash lahzani tasvirlashda yaxshiroq ish qilishdi“, dedi u.

Kitoblar



Baining 2007-yil avgust oyida nashr etilgan birinchi kitobi "Argument ". U Amerikadagi „yangi progressiv harakat“ va uni qurgan odamlar haqida hikoya qiladi Argument 2007-yilda New-York Timesning mashhur kitobi nomini olgan yagona siyosiy kitob edi.

Uning ikkinchi kitobi, " All the Truth Is Out: The Week Politics Went Tabloid „ 2014-yilda Alfred A. Knopf tomonidan nashr etilgan. Unda 1987-yilda oʻsha paytdagi nomzod Hary Hartning ommaviy axborot vositalaridagi janjali qayta koʻrib chiqiladi. Bai Jon Styuart bilan The Daily Show kitobining bu jihatini muhokama qildi va NPR ning Fresh Air ni ham ko'rib chiqdi. “New York Times"da „ Barcha haqiqat oshkor boʻldi“ ni koʻrib chiqib, Jack Shafer uni „siyosiy jurnalistikaning mini klassikasi“ deb atadi New-Yorkerning media tanqidchisi Ken Auletta shunday deb yozgan edi: „Baining ajoyib kitobi koʻplab savollarni tugʻdiradi va men uni bir oʻtirishda (majoziy)yutib yubordim“.

Filmlar va televidenie



Bai Ssenariy muallifi Jay Carson va film rejissyori Jayson Reitman bilan birgalikda "All the Truth Is Out „ filmining kinematik versiyasi boʻlgan “The Front Runner „ filmining ssenariysini yozgan. Bosh rollarda Hugh Jackman, Vera Farmiga va JK Simmons ishtirok etgan “Front Runner" filmi 2017-yil noyabrida Georgida suratga olish ishlarini yakunladi va 2018-yil noyabrida chiqdi Bai va Carson tomonidan yozilgan yana bir ssenariy 2016-yilda Gollivudning „Qora roʻyxati“ga kiritilgan boʻlib, u Ekvadorda Chevronga qarshi ommaviy sud daʼvosi haqida hikoya qiladi. Bai televidenie uchun ham loyihalar yozgan va 2014-yilda u shouda yozgan jurnal maqolasini oʻz ichiga olgan mavsumiy hikoyaning bir qismi sifatida Netflix-ning mashhur "Kartalar uyi" seriyasining ikkita epizodida oʻynagan.

Manba




Qoʻshimcha oʻqish




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz